O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vengriya, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘rib chiqildi

2022-04-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-aprel kuni videokonferensiya tarzida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida O‘zbekistonning Vengriya, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorligi masalalari va uni faollashtirishning amaliy choralarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari, O‘zbekistonning Vengriya, Qirg‘iziston va Tojikistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, yuqoridagi mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan bevosita hamkorlik qilayotgan ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
 
2021-yilda Vengriya, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston Respublikasi bilan o‘tkazilgan yuqori darajadagi tadbirlar yuksak amaliy ahamiyat va samaradorlikka ega bo‘lib, ular yakunida tegishli “Yo‘l xaritalari” qabul qilingani ta'kidlandi. Yig‘ilish davomida amaldagi kelishuvlarning bajarilishi atroflicha ko‘rib chiqildi hamda yuzaga kelgan masalalar tahlil qilinib ularni tezkor hal qilish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Xususan, ushbu davlatlar bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarni inventarizatsiya qilish, muammoli masalalar ustida ish olib borish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan qo‘shimcha muzokaralar tashkil etish, shuningdek tasdiqlangan investisiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash va ularning tashabbuskorlariga amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi qo‘yildi.
 
Tarmoq birlashmalari rahbarlari tomonidan investitsiyaviy va savdo hamkorligini rivojlantirishning hozirgi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalari to‘g‘risida hisobotlar taqdim qilindi. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Yig‘ilish yakunida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga qisqa muddatda yangi istiqbolli investitsiyaviy loyihalar va savdo bitimlarining ro‘yxatlarini taqdim etish, shuningdek, kelishuvlarga erishish uchun xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni faollashtirish topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться