O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2022-04-27 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sh.Kabir bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida investitsiyalar, sanoat, savdo va transport sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yilning iyun oyida Tojikiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
 
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdilar, shuningdek, amaldagi tarif va notarif choralarni izchil bekor qilib borish hamda o‘zbek va tojik mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga kirib kelishiga ko‘maklashish orqali sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro savdoni rivojlantirish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
 
Konstruktiv muloqot yuzaga kelayotgan masalalarni belgilab, ularni hal qilish yuzasidan maqbul yechimlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Amalga oshirilayotgan loyihalarni, shuningdek, o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma tadbirlar rejalashtirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться