O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vazirligi va “Megafon” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2022-04-26 | Jamiyat

Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Megafon” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni imzolash jarayonida AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda kompaniya bosh direktori Xachatur Pombuxchan ishtirok etdi.

Memorandumga ko‘ra, endilikda MegaFon O‘zbekiston IT-mutaxassislarini o‘qitish va malakasini oshirish hamda ish bilan ta’minlash dasturini yo‘lga qo‘yadi.

Hamkorlik dasturlash va ishlab chiqish sohasidagi talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha turli darajadagi mutaxassislarni o‘qitish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

O‘qishdan so‘ng ishtirokchilarga malakasidan kelib chiqib, amaliyot o‘tash dasturi yoki birdaniga “Megafon” jamoasida haqiqiy loyihalar ustida ish boshlash imkoniyati taqdim etiladi.

“Megafon” bosh direktori Xachatur Pombuxchan O‘zbekiston istiqbolini Markaziy Osiyodagi eng yirik IT-xab sifatida ko‘rayotganini va oliy toifadagi ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlashda tajriba bilan bo‘lishish hamda o‘z resurslarinini ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться