O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatan bayrog‘ini Antaliyada yuksaltirganlar kutib olindi

2022-04-26 | Sport

Bugun 26-aprel kuni erta tongda Antaliya Gran-prisida O‘zbekiston bayrog‘ini uch marta yuksaltirgan para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari poytaxtimizdagi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi.

Xabar berganimizdek, Turkiyada para dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro Gran-pri turnirining ilk kunida vakillarimiz 2 ta medalga musharraf bo‘lishgandi.

Uning yakunida esa 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda 19 ta davlatning matonatli sportchilari orasida umumjamoada 8-o‘rinni egalladi.

Terma jamoamizning ushbu natijasiga J1 klassida Diyorbek Maydonov (60) va  J2 klassida Otabek Irisbekov (90) bronza hamda ayollar o‘rtasida J2 klassida Kamola Uzoqova(48) kumush medal bilan munosib hissa qo‘shdi. 

Kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari sovrinli o‘rinlarni egallagan matonat sohiblariga gullar taqdim etdi.


T. Ro‘ziyev

Manba: O'zA

Поделиться