O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Universitet nufuzli xalqaro reytinglarda ishtirok etadi

2022-04-25 | Ta’lim

Oliy ta’lim tizimida universitetlar sifatini oshirish, xalqaro maydonda raqobatbardoshligini ta’minlash, shuningdek, jahonning top universitetlari xalqaro reytingi qatoridan munosib o‘rin egallashi so‘zsiz xalqaro reytinglardagi faol ishtirok bilan bevosita bog‘liq.


Hozirgi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ham jahondagi yirik xalqaro reyting agentliklari, xususan, QS (Quacquarelli Symonds) va THE (The Times Higher Education) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ydi va ilk bor unirversitet bo‘yicha Times Higher Education Impact Ranking, Times Higher Education World university Ranking, QS World University Ranking yo‘nalishlarida qatnashish uchun ma’lumotlar taqdim qildi.

Universitetda sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, gender tengligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sishni yo‘lga qo‘yish, tengsizliklarni qisqartirish, tinchlik, adolat va samarali boshqaruvni amalga oshirish, barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik ishlari munosib yo‘lga qo‘yilgan. Shu tufayli Times Higher Education Impact Rankingning ushbu yo‘nalishlaridagi reytingida qatnashmoqda.

TDSHU filologiya va tillarni o‘qitish, ijtimoiy va gumanitar fanlar, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti kabi fan yo‘nalishlariga chuqur ixtisoslashganligi uchun QS World University Rankings hamda Times Higher Education World university Rankingning “Arts and Humanities”, “Social Sciences” va “Business and Economics” yo‘nalishlari bo‘yicha reytingda ishtirokini yo‘lga qo‘ydi.

TDSHUning ushbu reytinglardagi mustahkam o‘rinlarini belgilash, xalqaro hamkorlikdagi mavqeini oshirish maqsadida 2022-yil 21-aprel kuni Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabining Sankt-Peterburgdagi filiali direktori Anna Tыshetskaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya bilan bo‘lgan uchrashuv davomida TDSHU va Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabining Sankt-Peterburgdagi filiali o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilandi hamda Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Iqtisodiyot oliy maktabi (Higher school of economics, Vыsshaya shkola ekonomiki) Rossiya ta’limi sohasida yetakchi va Sharqiy Yevropa va Yevroosiyodagi nufuzli iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar universitetlaridan biri hisoblanadi. Yigirma yil davomida yuqori sur’atlarda taniqli tadqiqot universitetiga aylangan Iqtisodiyot oliy maktabi universiteti xalqaro miqyosda mavjudligi va hamkorlik aloqalari yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgani bilan ajralib turadi.

Iqtisodiyot oliy maktabi xalqaro darajadagi reytingga ega tadqiqot universiteti bo‘lib, o‘z missiyasini xalqaro akademik standartlarga asoslangan ilmiy-tadqiqot, loyiha, ekspert va ijtimoiy-madaniy faoliyatlar orqali amalga oshiradi.

Universitet jahondagi barcha xalqaro reytinglarda eng yuqori o‘rinlarda turadi, xususan, QS World University Rankings xalqaro reytingida – Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon universitetlar reytingida siyosat va xalqaro tadqiqotlar, sotsiologiya, tarix, iqtisodiyot va ekonometrika bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 100 talik universitetlar qatoriga kiradi.

Universitet ta’lim tizimida ikki va ko‘p tomonlama loyihalar bo‘yicha dunyo bo‘ylab 400 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Sankt-Peterburg universiteti dunyodagi eng yaxshi 10 foiz iqtisodiy institutlardan biri bo‘lib, Rossiyadagi eng yaxshi 3 ta iqtisodiy institutlar qatoriga kiradi.

Universitetda 20 tadqiqot markazi va laboratoriyalari, jumladan, dunyoga mashhur tadqiqotchilar boshchiligidagi 5 ta xalqaro flagman tadqiqot markazlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshiradigan 11ta mustaqil tadqiqot guruhlari mavjud.

Manba: O'zA

Поделиться