O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mard va jasur o‘g‘lonlar Vatanga qasamyod qildi

2022-04-25 | Xavfsizlik sohasi

Farg‘ona shahridagi Ahmad al-Farg‘oniy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida Sharqiy harbiy okrugi Farg‘ona va So‘x garnizonida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mas’ul ofitserlar, Qurolli Kuchlar faxriylari, askarlarning ota-onalari, yoshlar ishtirok etdi. Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik L.Buzrukov, O‘zbekiston xalq shoiri E.Siddiqova va boshqalar harbiy qasamyod qabul qilgan o‘g‘lonlar zimmasidagi mas’uliyat naqadar ulug‘vor ekanini e’tirof etib, ularga Vatan himoyasidek sharafli ishda muvaffaqiyat tiladi. 

Harbiy qasamyod qabul qilib, Vatan himoyachisi degan ulug‘ nomga sazovor bo‘lgan aksarlar o‘zlariga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdi. Tadbir davomida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan  muddatli harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘alari topshirildi.

Manba: O'zA

Поделиться