O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreyalik investorlar Toshkent viloyatidagi istiqbolli loyihalar ko'lamini kengaytirish niyatida
2022-04-21 | Iqtisodiyot
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Janubiy koreyalik investor janob Kixak Sung bilan uchrashdi.
Ta'kidlanishicha, bugungi kynga qadar mazkur sarmoyador shafeligida 'YOUNGONE" korporatsiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasiga jami 25 mln. AQSh dollari miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya kiritilgan. Shundan 6 mln. AQSh dollari Toshkent viloyati hissasiga to'g'ri keladi.
Muloqotda "YOUNGONE SORPORATION' ishtirokida Bo'ka tumanida joylashgan "BUKA SPORTSWEAR" XK MChJda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16-18 dekabr kunlari Janubiy Koreyaga amalga oshirilgan tashrifi chog'ida janob Sung Prezident bilan muloqotda mamlakatimizga 30 mln. AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritish taklifini bildirgani esga olindi.
Zoyir Mirzaev koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikka hamisha tayyor ekanligini bildirdi hamda hamdo'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, korxonalar faoliyatini rag'batlantirib borish, investorlar bilan hamjihatlikda ishlash yuzasidan o'z fikrlarini bayon qildi.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi