O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent ot sporti bo‘yicha Jahon kubogi-2022 YevroOsiyo saralash bosqichiga mezbonlik qiladi

2022-04-20 | Sport

Musobaqada dunyoning 22 mamlakatidan sportchilar qatnashadi. Toshkent shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha YevroOsiyo mintaqalararo Jahon kubogi-2022 saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi xabar berdi.

20-23-aprel kunlari “UNIVERSAL JUMPING” ot sporti klubida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada jahonning 22 mamlakatidan sportchilar qatnashadi. Mazkur chempionat o‘zbekistonlik chavandozlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha bosqichlarda yetarlicha ochko to‘play olgan sportchilar Daniya davlatida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Ushbu musobaqada ochko jamg‘ara olgan chavandozlar, shuningdek, 2022-yilning sentyabr oyida Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan Millatlar kubogida ham qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Turnir Xalqaro hamda Osiyo ot sporti federatsiyalari sha’feligida o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturi:

20-aprel

16:00 Birinchi yo‘nalish — to‘siq balandligi 120 sm;

Ikkinchi yo'nalish — “Maxima masters Cup Eurasia” — 140 sm;

21-aprel

10:00 Uchinchi yo‘nalish — 130 sm;

15:00 Musobaqaning tantanali ochilish marosimi;

16:00 To‘rtinchi yo‘nalish — “Jahon kubogi-2022 YevroOsiyo saralash bosqichi” — 150 sm;

22-aprel

10:00 Beshinchi yo‘nalish — “O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi raisi kubogi” — 130 sm;

23-aprel

10:00 Yetinchi yo‘nalish — “UNIVERSAL JUMPING” ot sporti klubi kubogi” —120 sm;

15:00 Ochilish marosimi;

16:00 Sakkizinchi yo‘nalish — “YevroOsiyo Millatlar ligasi kubogi – EURASIA TEAM CUP” — 145 sm;

18:00 Yopilish marosimi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться