Ar – Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida saudiyalik investor tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan energetik loyihalarning hozirgi holati, ularni kengaytirish imkoniyatlari, shuningdek, kompaniyaning O‘zbekistondagi investitsiya portfelini ko‘paytirish istiqbollari muhokama qilindi.
“ACWA Power” – O‘zbekistonning an'anaviy va muqobil energetika sohalaridagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Uning hozirgi investisiyaviy portfelida umumiy qiymati qariyb 2,5 mlrd dollarlik 4 ta loyiha bor. Saudiya Arabistoni kompaniyasi tomonidan mamlakatda yaratilgan energiyani ishlab chiqaruvchi quvvatlarining umumiy hajmi 2,6 GVtdan oshadi.
Tomonlar qurilish ishlarini jadallashtirish va amalga oshirilayotgan loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta'minlash bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qildilar. Ularning amalga oshirilishi mamlakatning umumiy energiya ishlab chiqarish quvvatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 2026-yilga kelib 25 foizga yetkazish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning amalga oshirilishiga katta hissa qo‘shadi.
Energetika sohasining jadal rivojlanishi O‘zbekistonda korxonalari energetika loyihalariga bo‘lgan talabni ta'minlay oladigan turdosh tarmoqlarning rivojlanishiga ham turtki berishi ta'kidlandi.
Shuningdek, mamlakat energetika sohasi uchun inson resurslarini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilari uchun ilg‘or texnologik yechimlar va xalqaro standartlar asosida qayta tiklanadigan energiya ob'ektlarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirishlari uchun “ACWA Power” ob'ektlarida maxsus treninglar va stajirovkalarni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda “ACWA Power” kompaniyasini jalb qilgan holda keyinchalik amalga oshirish uchun yangi istiqbolli loyihalar ro‘yxatini tayyorlash va muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni investorlari O‘zbekiston tomonining qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uzoq muddatli istiqbolda sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligini bildirishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi