Farg‘ona viloyatidagi 102 ta MFY ma'muriy binolarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qayta qurish bo‘yicha tender e'lon qilinadi
TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
Farg‘ona viloyatidagi 102 ta MFY ma'muriy binolarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qayta qurish bo‘yicha tender e'lon qilinadi
Farg‘ona viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash boshqarmasi viloyatining barcha shahar va tumanlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini qurish bo‘yicha tender e'lon qiladi.
Xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi majmuasining bir qismi, kelishilgan shartlarda, to‘liq jihozlangan holda mahalla fuqarolar yig‘inlari balansiga topshiriladi.
Buyurtmachi: Shahar va tumanlar hokimliklari
Ma'lumot uchun telefon: (91) 692-23-20, (98)-575-77-25
Takliflar joriy yilning 22-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlov shartlari:
1. Farg‘ona viloyati shahar tumanlarida joylashgan mazkur MFYlar uchun tashkil qiladigan yer maydoni zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan tayyor holatda (pod klyuch) majmuani ko‘pi bilan 7 (210 kun) oy muddatda zamonaviy loyihalar asosida qurib, topshirish;
2. Majmuani zarur bo‘lgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy texnik inventarlar, ya'ni mebel' jihozlari, stellaj, komp'yuter, printer va boshqa texnika vositalari bilan ta'minlash.
3. Majburiyatlar bajarilishini ta'minlash usullari sifatida davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfining oldini olish bo‘yicha Investor hisobidan sug‘urta qilinadi hamda MFYning yer uchatkasining (binosining) bozor qiymatining 50 % miqdorida sug‘urta polisi va shartnomasini rasmiylashtiriladi;
4. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun Investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;
– bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, Investordan sifati lozim darajada bo‘lmagan ishlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;
– Investor tomonidan majburiyatlar o‘z muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari ko‘riladi.Bunda to‘liq va o‘z muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga o‘tkaziladi;Yuqoridagi manzillarda ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar tanlovda qatnashishlari mumkin.
Viloyatdagi shahar va tumanlardagi ma'muriy binolari qayta qurilishi rejalashtirilayotgan 102 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari
ro‘yxati
Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi