O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
2022-04-15 | Iqtisodiyot
2022-yil 13-aprel kuni O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi hamda Jahon banki vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasining ijrosi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha, O‘zR Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-sonli qarori asosida Jahon banki ishtirokida amalga oshirilmoqda. Uchrashuvda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi direktori Saidagzam Alimov, Jahon banki bosh iqtisodchisi Sergey Zorya, ekspert Sanjar Babayev hamda “BePro Dasturchilar Markazi” MChJ Arxitektor kompaniyasi, vazirlik mas’ul xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish tizimi Konsepsiyasida yer resurslarini boshqarish sohasida ekin turlari indentifikatsiyasi, hosilni prognozlashtirish; suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya samardorligini aniqlash; agrosanoat majmuining moliyaviy resurslarini boshqarish kabi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish belgilangan.
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq ishlab chiqish tadbirlariga Jahon bankining «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida dastlab jami 20 mln. doll., shundan yer boshqaruvi tizimi uchun 8,2 mln. doll., texnik ta’minot, uskunalar xaridi va infratuzilmani yaratishga 6,8 mln. doll. hamda suv resurslarini boshqarish tizimiga 5 mln. doll. yo‘naltirishga rozilik olindi.
Ta’kidlash joizki, Jahon banki taqdim etilgan materiallar hamda arxitektor ishini talab darajasida ekanligini alohida ma’qullab o‘tdi.
Hozirda kompaniya tomonidan Agrosanoatni raqamlashtirish markazi bilan hamkorlikda “Raqamli qishloq xo‘jaligi yagona integratsiyalashgan platformasini yaratish” loyihasi bo‘yicha agrosanoat majmuasiga kiruvchi 35 ta vazirlik va idora hamda vazirlik tizimidagi 14 ta tashkilotning raqamli infratuzilmalari, axborot tizimlari, biznes jarayonlari o‘rganildi.
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish tizimi Konsepsiyasida yer resurslarini boshqarish sohasida ekin turlari indentifikatsiyasi, hosilni prognozlashtirish; suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya samardorligini aniqlash; agrosanoat majmuining moliyaviy resurslarini boshqarish kabi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish belgilangan.
Jahon bankining «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq ishlab chiqish tadbirlariga jami 20 mln dollar, shundan yer boshqaruvi tizimi uchun 8,2 mln dollar, texnik ta’minot, uskunalar xaridi va infratuzilmani yaratishga 6,8 mln dollar hamda suv resurslarini boshqarish tizimiga 5 mln dollar yo‘naltirishga dastlabki rozilik olindi.
Ta’kidlash joizki, Jahon banki Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi hamda Arxitektor kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishni va taqdim etilgan materiallarni yuqori darajada ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi