O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligi delegasiyasi Bangladeshga amaliy tashrif buyurdi

2022-04-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegasiyasi neft-gaz sohasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida amaliy tashrif bilan Bangladeshda bo‘ldi.

Ilk uchrashuv Bangladesh Respublikasining “PetroBangla” milliy neft' va gaz kompaniyasida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida “PetroBangla” kompaniyasi raisi Nazmul Ahsan yangi texnologiyalar va quduqlarni burg‘ulash tajribasi, xususan, O‘zbekistondagi «Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) konida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan murakkab geologik sharoitlarda qo‘llaniladigan tajribaga qiziqish bildirdi. Uchrashuvda burg‘ulash sohasida kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
 
Delegatsiya Dakka shahrida Bangladesh Respublikasi energetika vaziri Nazrul Hamid va soha mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga neft-gaz sanoati va qurilish sektoridagi “ERIELL Group” va “Enter Engineering” kabi yirik kompaniyalari boshqaruvi a'zolari ham kirdi.
 
Oxirgi 10 yil ichida “ERIELL Group” Bangladesh Respublikasining bir qator konlarida neft va gaz xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 
 
Tomonlar Bangladesh Respublikasining neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, yangi neft va gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha hukumatlararo darajadagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
 
Shu munosabat bilan Dakka shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda energetika vaziri Nazrul Hamid kompaniyaning 17 ta qidiruv quduqlarini burg‘ulash va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha olib borayotgan ishlari natijasida kuniga sanoat miqyosidagi 600-700 ming kub metr tabiiy gaz oqimi bilan ijobiy natijalar berayotganini yuqori baholadi. 
 
O‘zbekiston mutaxassislari neft-kimyo va uglevodorod xom ashyosi sohasida katta tajribaga ega ekani ta'kidlandi. Shu munosabat bilan Bangladesh neft qidiruv va qazib olish kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari inobatga olindi.
 
Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik gaz quvurlari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida ham katta salohiyatga ega.
 
Hamkorlikdagi mavjud ijobiy tajribani hisobga olgan holda, zarur burg‘ulash qurilmalari yo‘qligi sababli ilgari amalga oshirilmagan turli konlarda 5500-6000 metr chuqurlikdagi qidiruv quduqlarini burg‘ulash imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Energetika vaziri Nasrul Hamid energetika sohasidagi hamkorlikni yuqori baholab, Bangladesh O‘zbekiston Respublikasining uglevodorodlar sohasida, jumladan, Bangladesh muhandislari malakasini oshirish tajribasidan foydalanishi mumkinligini ta'kidladi. Shuningdek, u kelgusidagi hamkorlik rejalarini batafsil ishlab chiqish maqsadida mamlakatga tashrif buyurish taklifini qabul qildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikаsi Elektr energetikаdа nаzorаt bo`yichа dаvlаt inspeksiyasi

Поделиться