O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bosh vazir oʻrinbosari Padangda “Boysun bahori”ga koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi
2022-04-11 | Madaniyat
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Boysun tumanidagi Padang kengliklarida boʻlib, joriy yilning 7-8 may kunlari oʻtkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Loyihaga koʻra,festival doirasida milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari, dronshoular, etnosport bellashuvlari, uloq-koʻpkari, kurash musobaqalari va boshqa milliy tadbirlar oʻtkaziladi. Taniqli sanʼatkorlar hamda folklor jamoalari ishtirokida festivalning ochilish marosimi, shuningdek, koʻrik-tanlov va sport musobaqalari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimlari tashkil etiladi.
Xalqaro festival boʻlib oʻtadigan yashil adirlikda yuzdan ortiq oʻtov oʻrnatilib, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz namoyish qilinadi.
Taqdimot yakunida mutasaddilarga milliy nomoddiy merosimiz keng tarannum etiladigan xalqaro festivalni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan tegishli vazifalar topshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi