O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti Boshqaruv Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022-04-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya tarzida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
 
Kengashning asosiy vazifalariga Universitetni strategik rivojlantirish bo‘yicha uzoq va o‘rta muddatli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, uning biznes - rejasini shakllantirish va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni tasdiqlash kiradi. Kengash, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi texnologiyalari sohasida ta'lim, ilmiy-tadqiqot va ilmiy ishlanmalar almashinuvini hamda Fanlar Akademiyasi va tarmoq tadqiqot institutlari bilan universitetning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi. Bundan tashqari, Kengash vakolatiga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap-loyihalarni ilgari surish, ta'lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, yetakchi xorijiy oliy o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish masalalari kiradi.
 
Yig‘ilish davomida Kengash kotibi, Universitet rektori B.Mirzaev tomonidan yuqorida qayd etilgan qaror talablarini ijro etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot taqdim etildi.
 
Shuningdek, yig‘ilishda Universitet faoliyati bilan bog‘liq bir qator tashkiliy, ma'muriy va moliyaviy masalalar ko‘rib chiqildi va ularning har biri bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться