O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Amir Temur maqbarasi – XV asr me’morchiligining yuksak namunasi
2022-04-08 | Madaniyat
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo tomonidan Samarqand qal’asi janubidagi Toshqo‘rg‘on–Chaqarda madrasa qurdirilgan. 1403 yili Muhammad Sulton fojiali halok bo‘lgach, Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon beradi. Maqbara Muhammad Sulton tomonidan bunyod etilgan madrasa hovlisining to‘rida bunyod etiladi.
Ushbu majmuadan bizgacha yetib kelgani bugungi maqbara binosi va uning oldidagi peshtoqli darvoza, xolos. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan madrasa va xonaqoh qoldiqlari topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur majmua Amir Temur vafotidan so‘ng Samarqandda hukmronlik qilgan temuriyzoda Mirzo Ulug‘bek tomonidan yakuniga yetkazilgan.
Maqbaraga Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, Temurning o‘g‘illari – Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari – Muhammad Sulton, Ulug‘bek va boshqalar dafn etilgan.
Alisher ISROILOV (surat)
Manba: O'zA