O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf Anqarada xotirlandi
2022-04-07 | Madaniyat
Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Anqara shahrida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni xotirlash va uning qalamiga mansub tanlangan sheʼrlarning turk tilidagi nashriga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda TURKSOY bosh kotibi o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori Bilal Chakiji, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, shoirning oila aʼzolari hamda Turkiyaning ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, akademik, ishbilarmon doiralari, Anqarada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi va OAV vakillari qatnashdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi