O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Geologiya fanlari universitetida sayyor qabul o'tkazdi

2022-04-07 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Geologiya fanlari universiteti jamoasi, tadqiqotchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova va vazirlik boshqarma boshliqlari ham ishtirok etildi.

Sayyor qabul davomida ilmiy loyihalarni shakllantirish, ularni amalga oshirish borasida mavjud muammolar va ularning echimlari muhokama qilinadi. Shuningdek, doktorantlar oldida turgan vazifalarga to'xtalindi.

Hozirda Geologiya fanlari universiteti ilmiy jamoasi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida jami 17,92 mlrd. so'm qiymatidagi 13 ta loyiha bajarilmoqda. Ulardan bittasi amaliy, 2 tasi fundamental, 7 tasi innovatsion va 3 ta xalqaro qo'shma loyihalardir. O'z navbatida, 96,8 mlrd. so'm qiymatida 404 ta loyihalar tijoratlashtirilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirining Geologiya fanlari universitetidagi sayyor qabul davomida mazkur oliy ta'lim muassasining ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo'yicha prorektori Maqsud Isoqov ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish va tijoratlashtirishni kengaytirish zarurligini qayd etdi. 

X.M.Abdullaev nomidagi  Geologiya va geofizika instituti direktori Anvarbek Nurxodjaev o'zi rahbarlik qilayotgan ilmiy-tadqiqot instituti asosan fundamental tadqiqotlar bilan shug'ullanishi, mazkur tadqiqotlar natijalari amaliyotga tatbiq etilib, respublika taraqqiyotiga hissa qo'shayotganini gapirdi. Hozirda Geologiya va geofizika instituti tomonidan to'rtta fundamental loyiha amalga oshirilmoqda.

Geologiya fanlari universitetidagi Innovatsion rivojlanish vazirligining  sayyor qabuli davomida tadqiqotchilar loyiha doirasida laboratoriya uskunalari va komp`yuter dasturlarini  xarid qilish, loyiha mablag'larini taqsimlash, xorijiy ilmiy muassasalariga stajirovka, xalqaro ilmiy jurnallardan foydalanish masalalari bo'yicha savollar bilan vazirga murojaat qildilar. Ularning savollariga javoblar berilib, muammolariga echimlar topildi. 

I. Abdurahmonov turli yo'nalishlar  bo'yicha 10 nafar doktorantning Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarga stajirovkaga jo'natish masalasini ijobiy hal etish bo'yicha topshiriq berdi. Shuningdek, vazir loyihalar mablag'larini to'g'ri taqsimlash bo'yicha tavsiyalar berib, uskunalarni xarid qilish maqsadida loyiha mablag'larini yillar kesimida teng taqsimlash maqsadga muvofiq emasligini tushuntirdi. Bundan tashqari, universitetning yosh tadqiqotchilari va doktorantalrini vazirlik tomonidan e'lon qilinadigan “Bo'lajak olim” tanlovida ishtirok etishni taklif etdi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться