O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hududlardagi davlat idoralari xodimlarining Vaziyatlar markazi imkoniyatlari bilan tanishuvi davom etmoqda

2022-04-06 | Jamiyat

Shavkat Mirziyoev 2022-yilning 21-yanvar  kuni poytaxt hokimligidagi Vaziyatlar markazi va “Raqamli Toshkent” majmuasiga tashrifi chog‘ida qator topshiriqlar berganligi haqida avvalroq ma'lumot bergan edik.

Viloyat hokimliklari va yirik tashkilotlarni ushbu majmua imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish ham shular jumlasidandir. Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan jadvalga asosan 5-7-aprel kunlari seminarlar Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati vakillari uchun bo‘lib o‘tmoqda.
 
Seminarni Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti boshlig‘i Sardor Abdullaev va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berdilar.
 
Seminarda vazirliklar (Adliya, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Turizm va madaniy meros, Transport, bandlik va mehnat munosabatlari, Innovasion rivojlanish va boshqalar) xodimlari, Monopoliyaga qarshi kurashish va Bojxona, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitalari xodimlari va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etmoqda.
 
Seminar ishtirokchilari Vaziyatlar markazining faoliyaii, “Raqamli Toshkent” loyihasi, “Xalq Nazorati” xizmatining ishi, turli kesimlarda ma'lumotlarni chiqarish imkonini beruvchi shaharning ulkan xaritasi, majmuaning boshqa imkoniyatlari bilan tanishmoqdalar.
 
Poytaxt tajribasini butun Respublika bo‘ylab kengaytirish hamda ommalashtirish hududlarni operativ boshqarish va ularning rivojlanish jarayonini rejalashtirishga samarali ta'sir ko‘rsatadi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться