O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BPO kompaniyalari vakillari va IT Park rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi
2022-04-05 | Jamiyat
Joriy yilning 7-aprel kuni IT Park Uzbekistan rahbariyati hamda BPO kompaniyalari o‘rtasida autsorsing tashkilotlar uchun shart-sharoit yaratish va ularning faoliyatini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishda kompaniyalar duch kelayotgan muammolar, ularni hal qilish yo‘llari, shuningdek, IT Park tomonidan taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, IT Park BPO kompaniyalarni hamkorlikka chorlagan holda quyidagilarni taklif qiladi:
– ijarasiz jihozlangan ofis (birinchi 6 oy uchun);
– barcha turdagi soliqlar va bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilish;
– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini pasaytirish - 7,5%;
– xorijiy kompaniyalar uchun dividendlar bo‘yicha soliqni 5% gacha kamaytirish;
– xizmat eksporti tushumlaridan chet ellik ta’sischilar va chet ellik xodimlarga xorijiy valyutada dividendlar va ish haqi to‘lash;
– Jamoa uchun malakali kadrlarni izlashda ko‘maklashish.
Uchrashuv uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/S96n2iTedajDBFQn9
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi