O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikistonlik teatr ijodkorlari Farg‘onada
2022-04-05 | Madaniyat
"Luxtak" Tojikiston davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy safar bilan Farg‘ona viloyatiga keldi.
Tojikistonlik ijodkorlar Farg‘ona viloyati Beshariq tumani “Andarxon” chegara postida tantanali kutib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taklifi bilan ijodiy safarga kelgan teatr jamoasi 4 apreldan 15 aprelga qadar Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida hamda Rishton va So‘x tumanlarida bo‘lib, Hotam Salimovning “Sho‘x malika” (“Ozornaya prinsessa”) spektaklini namoyish qilishadi.
Spektakl rus va tojik tillarida sahnaga qo‘yiladi. 1985 yilda tashkil topgan “Luxtak” Tojikiston davlat qo‘g‘irchoq teatri o‘tgan davr mobaynida 50 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan, xorijda o‘tkazilgan qator xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda yuqori o‘rinlarni egallagan. Joriy yil 11-20 mart kunlari Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri “Musiqali choyxona” spektakli bilan Tojikistonda ijodiy safarda bo‘lib qaytgan edi.
M.Sulaymonov
Manba: O'zA