O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yuridik xizmati “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi

2022-04-04 | Jamiyat

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022”  respublika tanlovi final bosqichida ishtirok etgan jami 7 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari, jumladan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB orasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yuridik xizmati tanlov g‘olibligiga, ya'ni 1-o‘ringa munosib deb topildi.

Shu munosabat bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati Yuridik boshqarma jamoasini erishilgan muvafaqqiyat bilan chin ko‘ngildan tabriklaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, avval Adliya vazirligi tomonidan tanlovda qatnashish uchun ariza taqdim etgan respublika darajasidagi 147 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari orasidan 7 nafar finalchi nomi e'lon qilingan edi.
 
Ushbu tanlov yuridik xizmatlarning tashkilotdagi o‘rnini ko‘rsatish orqali respublikadagi boshqa tashkilotlarda professional yuristlar jamoasini yaratishga bo‘lgan intilishlarni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
 
Unda yuridik xizmatlarning 2021-yil davomida tashkilotda belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha olib borgan ishlari, xususan, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirish, milliy qonunchilikni takomillashtirish va halqaro-huquqiy munosabatlardagi roli, erishgan yutuqlari Tanlov komissiyasi tomonidan baholangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться