O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tarixda ilk bor o‘zbek o‘g‘loni qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

2022-04-04 | Sport

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. 

Kecha musobaqa dasturida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sablya yo‘nalishida bahslar o‘tkazildi. 

Quvonarlisi, hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov musobaqa doirasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

U musobaqa davomida Kanada, Misr, Vengriya, AQSH va Germaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Taʼkidlash kerak, bu mustaqil O‘zbekiston tarixiga Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan qilichbozlik yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatlaridagi birinchi oltin medal sifatida tarixga kirdi.

Yangi O‘zbekistonga yangi g‘alabalar muborak bo‘lsin!

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться