O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport va logistika sohasida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2022-04-01 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va tashqi savdo hajmini oshirishda xalqaro bozorlarga chiqish uchun logistika muammolarini muvaffaqiyatli hal etish muhim omil sanaladi.

Xususan, dengiz portlariga chiqish hamda bu yo‘nalishda qulay transport koridorlarini yaratish O‘zbekiston uchun strategik vazifadir.
 
Aynan mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shni davlatlar bilan transport yo‘laklarini yanada diversifikatsiya qilish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, yuklarni tranzit qilish tartibini soddalashtirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha izchil sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
 
Xususan, joriy yilning 26-27 marta kunlari O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning yirik transport-logistika kompaniyalari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda transport va bojxona idoralari vakillari ishtirokida Termiz shahrida transport masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari O. Choriev ishtirok etdi.
 
Uchrashuv davomida mintaqa mamlakatlari bo‘ylab xalqaro yuk tashishni rivojlantirishning amaliy jihatlari, shu jumladan haydovchilik guvohnomalarini, emlanganlik to‘g‘risida sertifikatlarni o‘zaro tan olish mexanizmlari, shuningdek, vizalar berish tartibi muhokama qilindi. Pokiston tomoni bir qator bojxona tartibotlarini raqamlashtirishni taklif qildi. Bu yuk tashuvchilar tomonidan bojxona nazoratidan o‘tishining shaffofligi va samaradorligini ta'minlaydi.
 
Tadbirda terminallar o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish, belgilangan muddatdan ko‘proq vaqt davomida qolib ketgan transport vositalari uchun jarimalarni qo‘llash tartibini ko‘rib chiqish va o‘z faoliyati davomida transport va logistika kompaniyalari duch keladigan boshqa masalalarni hal qilish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyorlik bildirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться