Dorivorchilik sohasini rivojlantirish hamda sohada kuzatilayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha onlayn uchrashuv tashkil etildi
Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022-yil 31-mart kuni dorivorchilik sohasini rivojlantirish hamda sohada kuzatilayotgan muammolarni o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi tashabbusi bilan vazirlik idoralar hamda tadbirkorlar ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan dorivorchilik yo‘nalishida qilinayotgan ishlar hamda faoliyat davomida vujudga kelayotgan muammolar va takliflar berib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida dorivorchilik sohasini yanada rivojlantirish borasida tabdirkorlik sub'ektlari tomonidan berilgan takliflar o‘rganib chiqilgan holda amaliyotga joriy etishga kelishib olindi.
Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi