O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika ishchi guruhi faoliyati Jarqoʻrgʻon va Angor tumanlarida davom etdi

2022-03-30 | Xavfsizlik sohasi

Dastlab, viloyat hokimligi katta majlislar zalida ishchi guruh hamda huquq tartibot va tegishli tashkilot idoralari vakillari ishtirokida videoselektor shaklidagi umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, qilingan ishlar muhokama etildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan esa tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan soʻng, ishchi guruh vakillari Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Yangiobod” mahallasida shu yil ishga tushirilgan «Istiqbol med sentr» xususiy klinikasi faoliyatini koʻzdan kechirishib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Klinika 25 oʻringa moʻljallangan boʻlib, kardiologiya, terapiya, nevrologiya hamda qon kasalliklarini davolashda aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat koʻrsatayotganiga guvoh boʻlindi.

Vakillar tumandagi «Loyqand» mahallasidagi “Namuna” mahallasiga biriktirilgan yetakchi tadbirkor “GRAND CHICKEN HOUSE” MCHJ da ham boʻlishdi. 700 million soʻm kredit mablagʻi evaziga ishga tushirilgan MCHJning hozirda 9 ta inkubatori boʻlib, asosan parrandachilik bilan shugʻullanadi. Inkubatorda yangi ochib chiqqan joʻjalar “Namuna” mahallasidagi 25 ta xonadonga parrandachilik bilan shugʻullanishi uchun beriladi. Hozirgi kunda 4 ta xonadonda ishlar tashkil qilinib, 21 ta xonadonni aprel oyiga qadar toʻliq qamrab olish rejalashtirilgan.

IIV vaziri Angor tumanidagi “Ilgʻor” mahallasidagi aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan mahsulotlarni ham koʻzdan kechirdi. Xususan, shu mahallada yashovchi Azamat Begimqulov 30 sotix tomorqasining oʻzida karamning 5 xil turini, lavlagi, daykon kabi sabzavotlarni yetishtirib, Qozogʻiston, Rossiya davlatlariga eksport qiladi. Har mavsumda 80 million soʻmgacha daromad oladi. Nurmuhammad Jumayev esa mahalladoshlari yetishtirgan mahsulotlarni logistika markazi orqali eksport qilishga koʻmaklashadi.

Shuningdek, hududdagi “Uldon Iskandarova” fermer xoʻjaligida 10 gektar maydonda kartoshka hamda sarimsoqpiyoz yetishtirilmoqda. Fermer xoʻjaligi raisi Bahriddin Iskandarov 25 nafar tuman yoshlarini ishli qilishga ulgurgan. Uning aytishicha, yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi Qozogʻiston hamda Rossiya davlatlariga eksport qilinadi. Ishchi guruh vakillari ushbu fermer xoʻjaligiga tashrifi chogʻida unda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ham suhbatlashishdi.

Shundan soʻng, Termiz shahrida qad rostlagan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 75 oʻringa moʻljallangan markazda xizmatchilar uchun ham, saqlanuvchilar uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ishtirokchilar markazning ochilish marosimida qatnashib, undagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться