O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH PA yubiley majlisida ishtirok etdi

2022-03-29 | MDH

Bugun, 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi mamlakatimiz parlament delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi (PA) tashkil topganining 30 yilligiga bag‘ishlangan yubiley majlisida ishtirok etdi.

Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, majlisda MDH ishtirokchi davlatlari parlamentlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashgan. 

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Assambleya qisqa vaqt ichida MDH hududida parlament a’zolarining o‘zaro hamkorligi samarali mexanizmga aylanganini va jahon parlamentarizmi tizimida o‘zining munosib o‘rin egallaganini ta’kidlagan. 

MDH O‘zbekiston uchun Hamdo‘stlik mamlakatlari fuqarolari manfaatlari yo‘lida hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni chuqurlashtirishda maydon hisoblanadi, – dedi T.Norboyeva. 

Uchrashuvda O‘zbekiston nafaqat katta parlament oilasining faol ishtirokchisiga aylangani, balki MDH doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ham munosib hissa qo‘shayotgani qayd etilgan. 

“MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 30 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaror majlisda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalardan biri bo‘lgan. 

Shuninglek, sog‘liqni saqlash, saylov o‘tkazish, saylov jarayoni va boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan. 

Manba: O'zA

Поделиться