O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“NavrUz” etnofestivali tayyorgarlik

2022-03-25 | Jamiyat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joriy yil 26-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “NavrUz” etnofestivalini yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmatining O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, Mo‘ynoq tumani etnoturizm bo‘yicha mahalliy aholining tarixi, urf-odatlari, o‘tmishda Orol dengizi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va bugungi kunda ham saqlanib qolgan turmush tarzi bilan muhim ahamiyatga ega. Masalan, baliqchilar uy-muzeyi, Orol dengizi tarixi muzeyi, hunarmandlar xiyoboni kabi maskanlar tashrif buyurgan mehmonlarda Mo‘ynoq xalqining o‘tmishdagi tarixi va turmush tarzi haqida katta taassurot uyg‘otadi.

Festivalda Mo‘ynoq aholisi va mehmonlarga qoraqalpoq milliy urf-odat va dasturlarini namoyon etuvchi madaniyat xodimlari, shu jumladan, baxshi va jirovlar ishtirokida konsert tomoshalari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy liboslar va milliy taomlar ko‘rgazmalari, milliy xalq o‘yinlari tomoshalari namoyish etiladi.  
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 26-mart kuni “Toshkent – Nukus – Mo‘ynoq” yo‘nalishida birinchi aviaqatnov tashkil etish rejalashtirilgan. 

Zamonaviy Mo‘ynoq aeroportiga yo‘l oladigan ushbu aviaqatnov yo‘lovchilari respublika miqyosidagi bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat bo‘ladi. Mo‘ynoq tumanining bugungi kundagi turistik salohiyati, jumladan, hududning etnoturizm yo‘nalishini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Infotur tashkil etiladi. Tadbir ishtirokchilarining hududning bir qator turistik ob’ektlariga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Tuman markaziy amfiteatrida festival ishtirokchilari va mehmonlarga “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida konsert dasturi namoyish etiladi. 

Manba: O'zA

Поделиться