O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

2022-03-25 | Sport

Tailandda slalom bahslaridan so‘ng baydarka va kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi. Quvonarlisi, sportchilarimiz kunning birinchi yarmidagi dasturda 5 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza, jami 11 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Gulbahor Fayziyeva kattalar toifasida ham o‘zining nimalarga qodir ekanini yana bir karra ko‘rsatib, qit’a birinchiligining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, jamoamiz g‘aznasiga yana 4 ta oltin medalni yoshlarimiz taqdim qilishdi. Ayni paytgacha medal qo‘lga kiritgan sportchilarimiz:

Kattalar, oltin medal:
C-1: Gulbahor Fayziyeva

Kumush medal:
K-1: Shaxriyor Mahkamov
K-2: Shohruhbek Azamov va Samandar Haydarov
K-4: Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Yekatirina Shubina, Arina Tanatmisheva

Bronza medal:
C-1: Nurislom To‘xtasin o‘g‘li

Yoshlar, oltin medal:
K-1: Akmal Mirzayev
K-1: Kseniya Ivliyeva
C-1: Muhammadali Mirismanov
C-2: Kamoliddin Rahmatullayev va Azimjon Sotiboldiyev

Kumush medal:
C-1: Shohsanam Sherzodova
K-4: Ibratbek Ergashev, Abdusalom Normirzayev, Akmal Mirzayev va Sergey Slepov

Ma’lumot uchun, barcha yo‘nalishlar 1000 metr masofaga o‘tkazildi. Yoshlar toifasi 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida tashkil etildi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться