O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborishni jadallashtirish yuzasidan vebinar o'tkazildi

2022-03-25 | Yoshlar

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashabbusi bilan yosh olimlarni etakchi xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborishni yanada jadallashtirish, natijadorligini oshirish shuningdek, zarur ma'lumotlarni tayyorlash, saralash tanlovi bosqichlarini yuqori saviyada o'tkazish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Vebinarda tasarrufidagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralarning 100 nafardan ziyod xodimlari ishtirok etib, yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish hamda moliyalashtirish tartibi to'g'risida Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda  uning huzuridagi jamg'armaning mas'ul xodimlari tomonidan ma'lumotlar oldilar.

Shuningdek, ilmiy stajirovkalarga borish yuzasida vujudga keladigan tushunmovchiliklar, muammolar, takliflar va savollar mavjud bo'lgan taqdirda «Telegram” ijtimoiy tarmog'ida tashkil etilgan «Yosh olimlar-2020» guruhiga yoki vazirlikning mas'ul xodimlariga murojaat qilishlari mumkinligi haqida eslatib o'tildi. Mazkur guruhda hozirgi kunda respublikamizdagi 1100 nafarga yaqin turli sohadagi yosh olimlar jamoasi yig'ilgan. Guruh yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etishda ehtiyojlarini, kelajakdagi rejalarini, taklif va tavsiyalarini o'rganish, xorijning ilmiy tashkilotlari bilan aloqalar o'rnatishda bir biriga ko'maklashish, amaliyot almashish, taqdimot himoyasi uchun tayyorlangan prezentatsiya materiallarini ilk muhokamasini o'tkazishi, ma'lumot (hujjat)larni to'ldirish kabi dolzarb masalalarni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy etilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться