O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navro‘z qadriyatlarini saqlash umuminsoniy burchimizdir

2022-03-18 | Madaniyat

Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida nishonlangan Navro‘z bayramida keng jamoatchilik ishtirok etdi.

– Ozarbayjon va O‘zbekistonda ham mazkur bayramning nishonlanishi, ikki xalqning tili, qadriyatlari, tinchlik va farovonlikka intilishidagi mushtarakligini ko‘rsatadi. 2009 yili Navro‘z bayrami Ozarbayjonning tashabbusi bilan YUNESKO tomonidan nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan edi, – dedi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Navro‘z bayrami munosabati bilan to‘planganlarni tabriklab.

Yig‘ilganlarni tabriklash uchun so‘zga chiqqan O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori Erkin Nuriddinov Navro‘z ulashayotgan qadriyatlarni saqlash umuminsoniy madaniyat oldidagi har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladi.

Bayram tantanalarida o‘zbek va ozarbayjon tillarida qo‘shiqlar, Ozarbayjon madaniyat markazining raqs ansambli tomonidan milliy raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida yig‘ilganlarga Ozarbayjon milliy taomlari bilan bezatilgan dasturxon tortiq etildi.

Manba: O'zA

Поделиться