O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“English for Science 2021” loyihasi yakuni sarhisob qilindi

2022-03-17 | Jamiyat

O'zbekiston Recpublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan yo'lga qo'yilgan “English for science” loyihasining yakuniy sarhisobi va ishtirokchilarni sertifikat bilan taqdirlash bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi. 

Mazkur loyiha respublikamizdagi tadqiqotchi olimlar uchun ingliz tilining akademik darajada mukammal egallashga qaratilgan bo'lib, bepul yo'lga qo'yilgan. Loyihada Toshkent shahardagi 200 nafar olim va tadqiqotchilar qamrab olindi. Ulardan 68 nafari ijtimoiy yo'nalishda, 53 nafari tibbiyot yo'nalishida, 33 nafari IT, fizika va matematika yo'nalishida, 32 nafari biologiya, geologiya, agrotexnologiya yo'nalishida hamda 14 nafari kimyo yo'nalishida.

Dasturda tinglovchilar 9 oy davomida III bosqichdan (I - General English, II - Academic writing, III – Grants and Scholarships) iborat bo'lgan dastur asosida mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.
Muntazam ravishda, tinglovchilar uchun halqaro tajribaga ega mutaxassislar hamkorligida amaliy mashg'ulot va ma'ruzalar tashkil etildi. Jumladan, yuqori impakt faktorga ega xalqaro jurnallarga ilmiy maqolalarni tayyorlash va taqdim etish bo'yicha PhD Rauf Salaxodjaev, “Springer Nature"  vakillari Irina Aleksandrova va Viktor Kutsiy, ilmiy bazalari bilan ishlash yo'nalishida Clarivate Analytics kompaniyasi eksperti Laziza Mukasheva, i-Edu Group rahbari Ulugbek Mirzalimov, Proofreading yo'nalishda Amerikaning mahoratli mutaxassislari Carter Hall va Holly Hall, hamda grant loyihalarga topshirish bo'yicha Erasmus+ Milliy ofisi vakili Qudratxon Baxadirov amaliy mashg'ulot va seminarlarda ishtirok etdilar.

Shuningdek, 2021-yil 30-iyul kuni Ilmiy-texnik axborot markazi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi bilan «English for Science» dasturi faoliyatini yanada kengaytirish masalalari bo'yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi
O'zbekistonlik tadqiqotchi olimlar English for Science 2021 loyihasining yil yakunlari bo'yicha akademik ingliz tilidan o'z bilim va ko'nikmalarini oshirishga muvaffaq bo'lib quyidagi natijalarga erishishdi:

Ishtirokchilar soni*

Xalqaro

konferentsiyada

tezis

Xalqaro

jurnallarda

maqola

Xalqaro

grant

arizasi

200

185

232

100

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться