O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi

2022-03-16 | Siyosat

Axborot texnologiyalari rivoji ushbu sohadan yanada samarali foydalanish imkonini yaratmoqda. Ayniqsa, onlayn va elektron tarzda turli amaliyotlarni bajarish qulay ekanligi bilan ajralib turadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Majlisda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov qonun loyihasining maqsadi, konsepsiyasi xususida quyidagilarni ta’kidladi.

“Elektron tijoratda sotuvchi va oluvchi bor. Ammo ayrim hollarda tovarni olib, aldab ketish holatlari bo‘ladi. Ushbu qonunda o‘zaro ishonch masalasi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, raqamli tijorat amaliyoti nazarda tutilmoqda. Umuman, qonun loyihasidan asosiy maqsad elektron tijorat sohasini soddalashtirish, imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat. Qonun loyihasida belgilanayotgan normalar elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlikni rivojlantirishdagi keraksiz byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov.

Mazkur qonun loyihasida elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning bir qator huquqiy jihatlari aks ettirilgan. 

Yangi qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: 

– Elektron shartnomalar tuzishning aniq tartibi, hususan, umumiy talablar, elektron hujjatlarning yuridik kuchi, ofertaga qo‘yiladigan talablar, elektron hujjatlarni saqlash xususiyatlari, elektron bitimni amalga oshirish tartibi, elektron shartnomalarni tuzish shartlarini belgilash;

– elektron tijoratda to‘lovlarni amalga oshirishning ruxsat etiladigan shakllarini (naqd pul bilan, bank hisobvarag‘idagi mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan, to‘lov tizimlari vositalari va elektron pul bilan to‘lash) belgilash; 

– elektron tijoratda xaridorning shartlari to‘liq qondirilmaguncha axborot tizimida pul mablag‘larini ushlab turish imkoniyatini beruvchi pulni deponentlash tizimini joriy qilish; 

– yuridik shaxslar bilan bir qatorda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga elektron tijorat faoliyati bilan shugullanish huquqini berish; 

– raqamli mahsulotlarni (operasion tizimlar, dasturiy ta’minotlar, onlayn xizmatlar va h.k.) sotish, eksport va import qilish, ularning bojxona rasmiylashtiruvi tartibini joriy etish;

– elektron tijoratda insofsiz raqobatning oldini olish qoidalarini kiritish. Bunda, internet tarmog‘ida qalbaki havola va manzillardan foydalanish, elektron tijorat sub’yektlarining bir-biri bilan oldindan kelishib olish, intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalangan holda tovar va xizmatlarn taklif etish, yolg‘on yoki chalg‘ituvchi o‘xshash belgidan foydalanish, noto‘g‘ri taqqoslashlar taqdim etish ta’qiqlash ko‘zda tutilgan;

– elektron tijoratni amalga oshirish doirasida xaridorlarning ham huquqlarini belgilash.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться