O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston- Moʻgʻuliston siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida
2022-03-16 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi va Moʻgʻuliston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi davrasi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Batsumber Munxjin boshchiligidagi delegatsiyalar turli sohalardagi Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Siyosiy aloqalarni faollashtirish, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdan oʻzaro manfaatdorlik taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, tomonlarning xalqaro institutlar doirasidagi oʻzaro hamkorligining turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Maslahatlashuvlar chogʻida madaniy-gumanitar sohada aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi