O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston–Eron: innovatsion hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

2022-03-15 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasiga tashrif buyurdi. 

15-mart kuni delegatsiya a'zolarini Eron Islom Respublikasining Fan va texnologiyalar bo'yicha Vitse-prezidenti Suren Sattoriy qabul qildi.

S.Sattoriy bilan o'tkazilgan uchrashuvda ilm-fan, texnologiyalar va startaplar sohalarida o'zaro amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, qurg'oqchilikka qarshi kurashish, tuzni kamaytirish hamda sho'rlangan tuproqlarda o'simliklarni etishtirish bo'yicha ilg'or tajribalarni almashish masalalari muhokama qilindi.

Shu kunning o'zida Ibrohim Abdurahmonov Eron Islom Respublikasi Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vaziri Muhammad Ali Zolfigol bilan uchrashdi. Tomonlar O'zbekiston va eron olimlari uchun Orolbo'yi hududida yuzaga kelgan muammolarning ilmiy echimiga qaratilgan «O'zbekiston-eron» qo'shma ilmiy loyihalar tanlovini e'lon qilish va eng yaxshi ilmiy ishlanmalarni Orobo'yi hududiga joriy qilishga kelishdilar. Shuningdek, O'zbekistondan har yili an'anaviy tarzda o'tkaziladigan “InnoWeek-2022» Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida ikki davlat olimlari va mutaxassislarining «Fan va texnologiyalar forumi»ni tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ikki davlat vazirlari eronning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida o'zbekistonlik yosh olim va mutaxassislarining qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish masalasini ham muhokama etib, bu bo'yicha tashkiliy ishlarni boshlashga qaror qildilar. eronda hozirda o'n mingdan ortiq startap kompaniyalar faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, uchrashuvda ulardan eng muvaffaqiyatlilari ishtirokida O'zbekistonda mahorat darslari tashkil etish imkoniyatlari haqida so'z yuritildi.

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ko'plab xorijiy davlatlar bilan qo'shma ilmiy loyihalar tanlovlarini o'tkazishdagi boy tajribasidan kelib chiqqan holda, teng ulushlarda moliyalashtirish asosida «O'zbekiston–eron» xalqaro qo'shma ilmiy loyihalar tanlovini hamkorlikda o'tkazishga kelishildi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha fan va texnologiyalarni rivojlantirish, shu jumladan, sho'rlanish va tuzni kamaytirish texnologiyalarini o'zlashtirish bo'yicha «O'zbekiston-Eron» qo'shma ishchi guruhining tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, ishchi guruhning hamkorlikdagi faoliyatining asosiy yo'nalishlari kelishib olindi.

Tadbir davomida erondagi Al-Xorazmiy xalqaro festivalining asosiy yo'nalishlarida o'zbekistonlik yoshlarning ishtirok etishiga oid masalalar muhokama etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться