O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ko‘hna Xiva og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini qabul qilmoqda
2022-03-15 | Sport
14-22-mart kunlari Pahlavon Mahmud yurti Xiva shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston chempionatida o‘smirlar 49, 55, 61, 67, 73, 81, 89, 96, 102 va 102 kilodan yuqori vazn toifalarida, qizlar esa 40, 45, 49, 55, 59, 64, 71, 76, 81 hamda +81 kg vaznda o‘zaro kuch sinashadilar.
Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarga start berildi. Musobaqaning ilk kunida o‘g‘il bolalar -49 va -55 kg vazn toifalarida, qizlar esa -40, -45, -49 va -55 kg vazn toifalarida mamlakat chempionlari hamda sovrindorlarini aniqlab olishadi.
Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslar ham 10tadan vazn toifasida tashkil etiladi. Musobaqada eng kuchli va eng munosiblar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tariladi. Shunday ekan, voqealar rivojini Sportni rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib boring!
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi