O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi takliflar va istiqbolli loyihalar mas'ullar ishtirokida tahlil qilindi

2022-03-15 | Jamiyat

Viloyat hududida amaliyotga tadbiq etish ko'zda tutilayotgan har bitta loyihani mutasaddi va mas'ullar ishtirokida atroflicha o'rganish va tahlil qilish yaxshi an'anaga aylandi. Maqsad — ularning hayot bilan uyg'unligi va aholi hohish-irodasiga mosligiga e'tibor qaratish, eng muhimi, xatolardan imkon qadar xoli bo'lishiga erishishdir.

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev ana shu an'anaga muvofiq, hududlarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan bir qator qishloq xo'jaligi va ekologiyaga doir loyihalar bilan tanishdi.

Dastlab mutaxassislar tomonidan chiqindilarni boshqarish sohasida davlat xususiy sheriklik loyihasi haqida ma'lumot berildi. Asosiy maqsad qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va olib chiqib ketish tizimini takomillashtirish, hududlar obodligiga samarali hissa qo'shish, joylarda sanitar-ekologik muhitni yaxshilashga erishishdir. Biroq, so'nggi paytlarda bu boradagi ishlar joylarda etarlicha qamrab olinmayapti.

Shundan kelib chiqqan holda, 2022-2024 yillarda viloyatdagi 400 dan ziyod mahallalarda to'planadigan chiqindilar tozalanib, qayta ishlanadi. Buning uchun tuman-shaharlarda belgilangan 1-4 lotlarda 138 chiqindi tashish maxsus texnikasi xarid qilinadi, 414 ta qo'shimcha ish o'rni yaratiladi. Bundan tashqari, joylarda 37 ta chiqindi yig'ish shahobchalari, 12 chiqindini qayta yuklash stantsiyalari quriladi va maxsus poligonda 2 maishiy chiqindini saralash uskunalari o'rnatiladi. Bu orqali atrof-muhitga bo'ladigan salbiy ta'sir 85 foizga kamayadi.

Muloqot davomida klaster tizimida ishga tushiriladigan keng ko'lamli ishlarning iqtisodiy-moliyaviy ko'rsatkichlari ham atroflicha tahlil qilindi.

Shundan so'ng «Governess Business» MChJ ta'minot bazasida Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash bo'yicha kombinat tashkil etish loyihasi ham ko'rib chiqildi.

Qayd etilganidek, hozir Olmaliq, YAngiyo'l, Ohangaron, Angren, Chirchiq shaharlari va Zangiota, YAngiyo'l, Piskent tumanlarida 177 ta DMTT mavjud bo'lib, ularda 31 ming 323 nafar bola tarbiyalanadi. Shuni e'tiborga olib, bir qator ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Jumladan, ta'minot bazasining vazifasi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchidan olish va saqlashga erishishdir. Ayniqsa, qish-bahor mavsumi uchun zarur bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini zaxiraga olish va muassasalarga etkazib berish tizimi joriy qilinadi.

Bunda MTT uchun qish-bahor mavsumida zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlar ro'yxati shakllantiriladi. Shunga asosan tashkilotlar uchun zaxiralar yaratish, yagona arzon narx yuzaga keladi. O'z navbatida, mahsulotlarning sifat nazorati mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. Oshpaz, oshpaz yordamchilari va hamshiralarga maxsus dasturlar asosida seminarlar tashkil etiladi. Ularga doimiy tavsiyalar berib boriladi.

Zoyir Mirzaev har bir loyiha bo'yicha mutaxassislarga o'z tavsiyalarini berdi. Bu jarayonda aholiga qulaylik yaratish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться