O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand Turizm Markazida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga yosh mutaxassislar jalb qilinadi

2022-03-15 | Turizm

Turizm va madaniy meros vazirligining Turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi va Samarqand turizm markazi vakillari bilan birgalikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va uning tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari hamda turizm sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining  talaba-o‘quvchilari uchun ZOOM platformasi orqali Samarqand turizm markazida tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar hamda ularda tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur taqdimot davomida Samarqand turizm markazidagi  mavjud vakant ish o‘rinlariga bitiruvchi talaba-o‘quvchilarni ishga qamrab olish  masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida Samarqand turizm markazining mas’ul xodimlari T. Golikova va A. Ktorov ishtirok etib, ishga qabul qilinadigan  mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar  Silkroad-Samarkand (https://job.silkroad-samarkand.com/ ) sayti orqali ma’lumot olishlari mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться