O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya COVID-19ga qarshi kurashish borasida kelishuvlarga erishdi

2022-03-14 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston va Turkiya hududlarini koronavirus kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

Shu bois, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida COVID-19ga qarshi kurashish borasida kelishuvlarga erishildi. 

Ushbu kelishuvga ko‘ra, endilikda ikki davlat qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi. 
Tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga, tomonlar davlatlarining hududiga COVID-19 tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi. 

Shuningdek, milliy darajada yoki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan to‘liq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, o‘z mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadi.  

Manba: O'zA

Поделиться