O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston xorijiy IT-kompaniyalar uchun jozibador hududga aylanmoqda

2022-03-14 | Jamiyat

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berishi bilan birga, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qilmoqda.

Ma’lumki, 2017-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Prezidentining PF-5099-sonli farmoni IT-kompaniyalarga qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishida fundamental hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Unga ko‘ra, kompaniyalar 2028-yilgacha bo‘lgan muddatga:

  •  barcha turdagi soliqlardan;
  • asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan;
  • chet ellik mutaxassislarni jalb qilish uchun ruxsatnoma olishdan to‘liq ozod qilindi.

Shuningdek,

  •  xorijiy kompaniyalarning dividendlaridan olinadigan soliq 5 foizgacha;
  • daromad solig‘i stavkasi 7,5 foizgacha tushirildi.

Bundan tashqari, korxonalarga:

  •  faoliyatni ofisni ijaraga olmasdan, masofadan turib amalga oshirish;
  •  ta’sischilarga dividendlar va chet el valyutasida ish haqi to‘lash;
  • eksport kontrakti mavjud bo‘lmagan holda xizmatlar eksportini elektron savdo platformalari orqali amalga oshirish huquqi berildi.

Mahalliy IT-kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida investorlar, taʼsischilar, chet ellik IT-mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun “IT-viza” dasturi joriy etildi.

2019-yilda yo‘lga qo‘yilgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi bilan birga mamlakatning barcha hududlarida IT-markazlarning ochilishi sohaga har yili 50 mingdan ortiq yosh mutaxassislarni tayyorlab bermoqda.

Soliq imtiyozlari va kadrlar tayyorlash dasturi tufayli O‘zbekistonda bir qator yirik xorijiy IT-kompaniyalar o‘z vakolatxonalarini ochdi.

O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida IT-Park “TashRush” dasturini ishga tushirdi, unga ko‘ra chet el kompaniyalari va IT-mutaxassislarga (OneStopShop tamoyili asosida) yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish, ofislarni qidirish, xodimlarni yollash bo‘yicha xizmatlar taqdim etiladi. Mutaxassislar uchun esa IT-Park rezident kompaniyalariga moslashish va ishga joylashishda ko‘mak beriladi.

Yil boshidan buyon 3000 dan ortiq xorijlik IT-mutaxassis ushbu dasturdan foydalangan bo‘lib, ular faqat chet el kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan. Ushbu professionallar tajribasi O‘zbekistonda yosh kadrlarning malakasini oshirishda ham qo‘l kelmoqda.

Mamlakatimizda tashkil etilayotgan xorijiy kompaniyalar filiallari chet ellik mutaxassislarni axborot texnologiyalari sohasida 5 mingdan ortiq yosh kadrlarni ish bilan ta’minlash, IT-xizmatlari eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish imkonini yaratadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться