O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati Belgiya va Niderlandiya tahliliy doiralari, diplomatik korpus vakillariga yetkazildi

2022-03-11 | Siyosat

O‘zbekistonning Benilyuksdagi elchixonasi ko‘magida Bryussel press klubi platformasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belgiya va Niderlandiya siyosiy-shakllantiruvchi, tahliliy doiralar va diplomatik korpus vakillari uchun 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi taqdimotini o‘tkazdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov “Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini o‘zgartirish O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi inson huquq va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga, “Inson qadr-qimmati – jamiyat va insonparvar davlatning eng muhim ustuvor tamoyili” g‘oyasiga asoslangan faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilganligi ta’kidlandi.

Eng muhimi, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida boshlangan islohotlar doimiy davom ettirilishi, xususan, hujjatda bugungi globallashuv jarayonlaridan kelib chiquvchi yettita ustuvor yo‘nalish birlashtirilgani, har bir yo‘nalishda belgilangan vazifalar yuz maqsaddan iborat ekani ta’kidlandi.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining yana bir xususiyati shundaki, hujjat nafaqat keyingi besh yilga mo‘ljallangan rivojlanishni, balki mamlakatning uzoq muddatli barqaror strategiyasini belgilab berishi bilan ham ahamiyatlidir. Taqdimot yakunida Eldor Tulyakov Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida ko‘zda tutilgan islohotlar bo‘yicha ishtirokchilar va jurnalistlarning savollariga batafsil javob berdi.

Manba: O'zA

Поделиться