O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bahorgi tijoratlashtirish Forumi o'z ishini boshladi
2022-03-11 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xo'jalik boshqaruvi organlari, tarmoq korxonalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat xokimliklarini oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni Bahorgi tijoratlashtirish Forumi o'z ishini boshladi.
Oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan tarmoqlarga joriy etishga tayyor bo'lgan ilmiy ishlanmalar hamda tarmoqlarda mavjud muammo va ehtiyojlarni ilmiy tashkilotlarga buyurtma berish maqsadida 5,5 mlrd. so'mlik 13 ta shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Hududlardagi mavjud muammolar echimiga qaratilgan tayyor ilmiy ishlanmalar va yangi buyurtmalar bo'yicha ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan 22,7 mlrd. so'mlik 13 ta ish rejalar bo'yicha shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.
Forum doirasida oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalarini tarmoq korxonalari va hokimliklarga namoyish qilinadi. Oliy ta'lim muassasasi va ilmiy tashkilotlar tarmoq va hududlar rahbarlari bilan uch tomonlama shartnomalar imzolanadi. Shuningdek, tegishli hududlardagi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning olimlari bilan uchrashuvlarni o'tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishini o'zlashtirishga yo'naltirilgan hamda tijoratlashtirishgacha tayyorlash yuzasidan ishlarini amalga oshirish va sanoat namunalarini yaratish bilan bog'liq tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida 22,3 mlrd. so'mga teng 25 ta loyiha rahbarlariga sertifikatlar topshiriladi, jumladan 5,5 mlrd. so'mga teng 12 ta loyiha tarmoq va xususiy sektor tomonidan hamkorlikda moliyalashtiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi