O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro qidiruvda boʻlgan firibgar qoʻlga olindi
2022-03-11 | Xavfsizlik sohasi
Interpolning Oʻzbekiston va Polsha Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv harakatlari natijasida joriy yilning mart oyi boshlarida Varshava hududida asli Samarqand viloyatilik boʻlgan 36 yoshli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining qayerdaligi aniqlanib, qoʻlga olindi.
U Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan koʻp miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan edi.
Shu tariqa, mazkur jinoyatga aloqador shaxs Oʻzbekiston fuqarolarining ishonchini qozonib, AQSHda ishga joylashish va viza yordamini olishda koʻmak berishini taklif qilib, oʻz majburiyatlarini bajarmasdan turib, ulardan katta miqdorda pul olgan. Firibgarlik xizmatlarini tugatgandan soʻng, u mamlakatni tark etib, chet elda yashiringan.
Shundan soʻng Samarqand viloyati IIB tomonidan olingan materiallar asosida Oʻzbekiston Interpol MMB xodimlari tomonidan hibsga olish va keyinchalik ekstraditsiya qilish maqsadida xalqaro qidiruvni tashkil etish boʻyicha xabarnoma eʼlon qilindi.
Shu kunlarda Oʻzbekiston va Polsha Interpol xodimlarining muzokaralari va hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasiga topshirildi, endi unga qilmishlari uchun qonun oldida javob berishiga toʻgʻri keladi.
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi