O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonlik ayollar Andijonda hunar o‘rganmoqda

2022-03-10 | Jamiyat

Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumanida yashovchi bir guruh xotin-qizlar Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Qoraqalpog‘istonlik mehmonlar bir necha kun davomida do‘ppido‘zlik, kashtachilik, ko‘rpa-to‘shak tikish, milliy qo‘g‘irchoqlar yasash, gulchilik va boshqa qator yo‘nalishlar bo‘yicha andijonlik hunarmandlarning ish tajribalarini o‘rganadi. Umuman, Andijondagi bunyodkorlik ishlari, xotin-qizlar tadbirkorligi, hunarmand ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

Dastlab mehmonlar Andijon shahridagi ming nafardan ortiq opa-singillarimiz mehnat qilayotgan “Dinar group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuvchilik korxonasida, shuningdek, “Bobur XBK” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi 200 dan ortiq turdagi jinsi mahsulotlari tayyorlanayotgan “Diromm” fabrikasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni matoni bo‘yashdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlar, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Mehmonlar Andijon shahri markazidagi Z.M.Bobur nomli viloyat axborot kutubxona markazida bo‘ldi. Hozirda 93 mingdan ortiq nomdagi 876 ming nusxadan ziyod kitob fondiga ega kutubxona faoliyati, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, kutubxona jamoasi bilan muloqotda bo‘ldi. Kutubxona ma’muriyati tomonidan mehmonlarga kitob jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Shundan so‘ng kegaylilik ayollar fuqarolarni zamonaviy kasb-hunarlarga va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan kasblar va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida bo‘ldi. Markazda olib borilayotgan ishlar ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bir necha kun davomida qoraqalpog‘istonlik ayollar turli yo‘nalishlar bo‘yicha andijonlik hunarmand va tadbirkorlarning ish tajribalarini o‘rganadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ana shu yo‘nalishdagi ishlarni kelgusida Kegaylida yo‘lga qo‘yishdir.

Qoraqalpog‘istonlik mehmonlar uchun qator madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat)

Manba: O'zA

Поделиться