O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol oqibatlari bartaraf etilmoqda

2022-03-09 | Xavfsizlik sohasi

Bugun, soat 09:00 dan 12:00 ga qadar  Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod, Yakkabog‘ va Kitob tumanlarida (20 m/s gacha tezlikda) kuchli shamol esishi va yog‘ingarchilik qayd etildi.

Noqulay ob-havo natijasida viloyatning bir nechta tumanlarida girometorologik xavfli jarayonlar yuzaga keldi:
 
soat 11:03 larda Shahrisabz tumani “Chorshanbi” qo‘rg‘onidagi oziq-ovqat savdo do‘konining tom qoplamasini shamol uchirib yuborgan;
 
soat 11:25 larda Qamashi tumani “A.Navoiy” MFYda joylashgan yelim idishlarni yig‘ish punktining tom qoplamasi kuchli shamolda qulab tushgan. Voqea oqibatida  uch nafar fuqaro turli darajada jabrlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan;
 
soat 11:48 larda kuzatilgan shamol Yakkabog‘ tumani “Uchtepa” MFY, “Tosh” qishlog‘idagi uyning, “Navro‘z” MFY, “Navro‘z” qishlog‘idagi ikkita xonadonning qo‘shimcha binolaridagi tom qoplamalarini uchirgan;
 
soat 11:50 larda Kitob tumani “Qaynar”, “Motmon” va “Qavzixona” qishloqlari hududidagi 4 dona elektr simyog‘ochi hamda “Tepaboshi” MFY hududida 1 ta yashash uyining tom qismi kuchli shamol natijasida qulab tushgan.
 
Yuzaga kelgan vaziyatlarni bartaraf etish uchun Qashqadaryo viloyati FVBning tarkibiy tuzilmalari hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimlarining 169 nafar qutqaruvchilari, avariya-tiklash brigadalari shaxsiy tarkibi va 26 ta maxsus texnika jalb etilgan.
 
Respublikamizning qolgan hududlarida, xususan, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatilmoqda.
 
Ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаzirligi

Поделиться