O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksportyorlar muammolari o'rganildi, ularni bartaraf etish borasida tezkor dasturiy choralar ko'riladi

2022-03-09 | Iqtisodiyot

Toshkent viloyati hokimligida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev tashabbusi va raisligida o'tkazilgan muloqotda tegishli boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari tomonidan tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin eksportyor tadbirkor va ishbilarmonlarning muammolari o'rganildi va takliflari tinglandi.

Hozir dunyoda bo'layotgan murakkab geosiyosiy vaziyatdan kelib chiqib, hududda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlariga xaridor topish, yangi bozorlar izlash, bojxona logistikasida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va qulaylik yaratish kabi ko'plab masalalarga e'tibor qaratildi. Buning uchun ishtirokchilarga maxsus so'rovnoma tarqatilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflar jamlandi.

Maqsad viloyat tadbirkorlaridan kelib tushgan savol, taklif va tashabbuslar asosida dastur ishlab chiqish va unga muvofiq, kelgusida sohani yanada rivojlantirish, hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirishdan iboratdir.

Muloqot davomida tadbirkorlardan transport koridorlarini rivojlantirish, yuklarni bojxona orqali o'tkazishni soddalashtirish, qishloq xo'jaligi klasterlari, dehqonchilik xo'jaliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish va sifatli mahsulot yetishtirish, korxonalarda elektr va gaz ta'minotini yaxshilash kabi ko'plab takliflar bildirildi.

– Korxonamiz 5 yildan beri yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya, BAA va boshqa davlatlarga eksport qilmoqda, – deydi “Zangiota tomorqa xizmati” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Jamshid Abdullaev. – Mavsumda 50 nafar aholining bandligini ta'minlaymiz. Mamlakatimiz bo'yicha 25 mingdan ziyod oilalar bilan ishlaymiz, ularning tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qadoqlab, chetga eksport qilamiz. So'nggi paytlarda qishloq xo'jaligi ekinlariga turli zararkunanda hasharotlar zarar etkazayotgani mahsulotlar sifatiga salbiy ta'sir qilyapti. Shu sababli mavsumda tarmoq xo'jaliklari va tomorqalarda agrotexnik tadbirlarni samarali amalga oshirish zarur. Viloyat hokimi bu taklifimni ijobiy baholab, maxsus ishchi guruh tashkil qilish, joylarda amaliy ishlarni boshlash lozimligi bo'yicha mas'ullarga topshiriq berdi.

Tadbirda muddat talab etadigan muammolar yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilandi. Qonuniy echimga ega bo'lmagan ba'zi masalalar yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться