O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2022-03-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi Bosh direktori Patrisiya Dansi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Shveysariya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi doirasida amaldagi ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Shveysariya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston tomonidan nisbatan qisqa vaqt ichida xalqaro va mintaqaviy munosabatlarni rivojlantirish, barqaror rivojlanishni ta'minlash kabi yo‘nalishlarda erishilgan ijobiy natijalarga yuqori baho berdi.
 
Markaziy Osiyo bilan 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasida Agentlik tomonidan 240 million dollar ajratilishi e'lon qilindi. Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, yangi hamkorlik dasturi doirasida ishlab chiqish uchun eng istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdilar.
 
Shuningdek, kasb-hunar ta'limi va Zaravshan daryosi havzasida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qiymati 31,7 million dollarlik 2 loyihani amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.
 
Tadbir yakunida ustuvor yo‘nalishlarda moliyaviy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться