O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon tajriba-koʻrgazma maydonida bahorgi ishlar boshlandi

2022-03-04 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan innovatsion hududga aylantirilayotgan Marhamat tumanida joylashgan Andijon tajriba koʻrgazma maydonining dala poligonida bahorgi ishlab boshlab yuborildi.

Jumladan, dala maydoning 5 gektar qismi tekislanib, begona oʻtlardan tozalandi hamda ekin ekish uchun tayyor holatga keltirildi. Yaqin kunlar ichida ushbu maydonga viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalari talaba va professor oʻqituvchilari bilan hamkorlikda dorivor oʻsimlik hisoblangan steviya, togʻ yalpizi, romashka, dala choyi, amarant, rastaropsha kabi oʻsimliklarni ekish va yuqori hosil olish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, innovatsion issiqxonadan ham unumli foydalangan holda Koreya qovuni, Koreya olma tarvuzi, qulupnayning “Charli”  navlarini tajriba sifatida ekib koʻrish va yuqori hosil olish rejalashtirilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 203,3 mln.soʻm mablagʻ bilan moliyalashtirilgan “Kaliforniya yomgʻir chuvalchangini boqishning yangicha dasturini tatbiq qilish va tabiiy «Biogomus” ishlab chiqarish» loyihasi doirasida Andijon tajriba koʻrgazma maydonining boʻsh turgan qismida qurilish ishlari boshlandi.

Yaqin oylar ichida ushbu joydan yuqori hosildorlikka ega boʻlgan, serhosil va arzon biogomus mahsuloti ishlab chiqariladi hamda sotuvi yoʻlga qoʻyiladi. Tuman ahliga ushbu yangi innovatsion usulda biogomus ishlab chiqarish texnologiyasi afzalliklari tushuntirilib, boshqa hududlarida ham ushbu texnologiyani amaliyotga joriy qilish va keng targʻibot ishlari olib borish rejalashtirilgan.

Ushbu ishlarning barchasi Andijon viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi hamda loyiha tashabbuskorlariga loyihani belgilangan muddatlarda yakunlash va mahsulot sotuvini yoʻlga qoʻyish zarurligi tushuntirib oʻtildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться