O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQShning "Tetra TECH" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

2022-03-03 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) «Markaziy Osiyo energetikasi» loyihasini amalga oshiruvchi "Tetra TECH" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Kompaniya vakillarini Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shaxlo Turdiqulova qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar loyiha doirasida hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, mamlakatda vodorod energetikasi sohasida tayyorlanadigan kadrlar uchun o'quv dasturi va qo'llanma ishlab chiqish, O'zbekistonning milliy energetika tizimini isloh qilish va Markaziy Osiyo energiya bozorini tashkil etish masalalariga to'xtalib o'tildi.

Uchrashuv so'ngida hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil etishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться