O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonning BMT aʼzoligiga 30 yil toʻldi
2022-03-02 | Siyosat
Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida “Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzoligiga 30 yil: yutuqlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida respublika ilmiy-uslubiy konferensiya boʻlib oʻtdi. 2-mart – mamlakatimiz ushbu xalqaro oliy tashkilotga aʼzo boʻlgan kun hisoblanadi.
Ilmiy-uslubiy konferensiya davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan yurtimizning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni, rivojlanish va integratsiyada xalqaro tashkilotlarning roli, xavfsizlik va barqarorlik shartlari, ekologik muammolarning mohiyati hamda ularning yechimlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi.
Filologiya fanlari nomzodi, siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov oʻz maʼruzasida BMTning maqsadi va vazifalari, uning tarixi, unga aʼzo boʻlgan davlatlar haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etdi. Professor-oʻqituvchilar, harbiy xizmatchilar, kursantlar va talabalar ishtirok etgan mazkur konferensiya savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.
Konferensiya yakunida tadbir ishtirokchilari bilim yurtida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi