O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BPO va KPO-xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda Bahraynning IT kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi

2022-03-02 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Ispaniya Qirolligida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov va Bahrayn Qirolligi transport va telekommunikatsiyalar vaziri Kamol bin Ahmad Muhammad o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Bahrayn Qirolligi o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, jumladan, IT tadbirkorlikni rivojlantirishda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekistonda Bahrayn IT kompaniyalarining vakolatxonalarini ochish va IT Park rezidentligiga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Bugungi kunda yurtimizda mahalliy hamda xorijiy IT biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. IT Park bunda vizalarni olishda, korxonani yuridik jihatdan rasmiylashtirishda, imtiyozli ravishda binolarni ajratishda, bank hisob raqamlarini ochishda, soliq imtiyozlarni taqdim etishda hamda malakali kadlarni tanlashda tashkiliy ko‘mak beradi.

Rezidentlikdan tashqari, uchrashuvda Bahrayn IT-kompaniyalarining, O‘zbekistonda startap loyihalarni moliyalashtirish uchun venchur jamg‘armalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Respublikamizda BPO va KPO-xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda Bahraynlik IT kompaniyalarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Bahraynning IT kompaniyalar malakali ishchilarni raqobatbardosh shartlar asosida keng jalb etishlari mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, O‘zbekistonda yosh va mehnatga loyiq aholinining bandligini oshirishda va yuqori maoshli IT kasblarni egallash orqali ularning daromadlarni oshirishga zamin yaratadi.

Shuningdek, Bahrayn davlat tashkilotlari va kompaniyalarining 2022-yil 24-26-oktabr kunlari O‘zbekistonda AKT xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan” xalqaro raqamli forumda ishtirok etish uchun taklif berildi.

Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться